O‘zbekiston agro axborot-innovasiya markazining asosiy maqsadi fermerlik, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, mulkdorlar sinfini kengaytirish, mamlakatimiz iqtisodiy hayotida xususiy sektorning roli va ahamiyatini oshirishdan iborat. Mamlakat atrof-muhitni muhofaza qilish, tadbirkorlar va fermerlarga dala boshqaruvi, marketing va boshqa sohalarda ma'lumot va maslahatlar berish, innovasion loyihalarni yaratish, shuningdek, texnik yordam loyihalari, tadqiqotlar, shuningdek a'zolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdir.
Markaz axborot va innovasiyalarni jalb qilgan holda, o‘z xodimlarini tayyorlash va rivojlantirish, amaliyotda zamonaviy ilm-fan yutuqlari yo‘nalishlarini tavsiya etishdan manfaatdor tashkilotlar uchun xizmat qiladi xamda qo‘llab-quvvatlaydi. Mamlakatimizda fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish loyihalarida ishtirok etgan xalqaro tashkilotlar OSCE, USAID, JICA, TIKA, UNESCO, KOIKA, UNDP kabi tashkilotlar bilan xamkorlikda loyixalar yuritid kelmoqda.
Markazning asosiy faoliyati:
O‘zbekiston agro axborot innovasiya markazi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tizimida tashkil etilgani uchun kengash bilan doimiy hamkor sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Hamda fermer xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ularni zamonaviy texnalogiyalarni bilan tanishtirish, tajribasini oshirish, xorijiy tajribalarni o‘rgatib kelmoqda. Bundan tashqari markaz xalqaro tashkilotlar tomonidan yuritilayotgan loyihalarni fermer, dehqon xo‘jaliklariga jalb qilish ularni iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, sohaga investisiyalar jalb qilish hamda ko‘plab boshqa yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Markaz xozirda Fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tizimida tashkil etilgan 4 ta Tomorqachilik ilmiy-amaliy markazlari – Farg‘ona viloyati, Quva tumanidagi “Tomorqa va yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi” MChJ, Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Tomorqachilikni rivojlantirish o‘quv markazi” MChJ, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi “Tomorqachilik ilmiy-amaliy markazi tomorqa xizmati” MChJ va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi “Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazi” MChJ lar bilan xamkorlikda fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa xo‘jaliklari uchun o‘quv seminarlari tashkil etib kelmoqda. Ushbu seminarlarda qishloq xo‘jaligi mutaxassis va agronomlari, Ilmiy tekshirish institutlari o‘qituvchi va professorlari bilan tinglovchilarga tuproqshunoslik va biogumus, agrotexnik xizmatlar ko‘rsatish, issiqxonadan foydalanish, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi, agrokimyo, bog‘dorchilik va ko‘chatchilik ilmi hamda sabzavotchilik va polizchilik yo‘nalishlarida o‘quv seminarlari o‘tqazib kelmoqdamiz. Ushbu o‘quv markazlari barcha zarur texnalogiyalar bilan jixozlangan bo‘lib, tinglavchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Hozirda respublikamizda 91 ming dan ortiq fermer xo‘jaliklari, 450 mingdan ortiq dehqon xo‘jaliklari va 5.5 milliondan ortiq tomorqa yer egalari mavjud, bo‘lib ushbu agar soha vakillaridan bar xududlardan 5000 nafar tashabbuskor va ilg‘orlarini jal etish rejalashtrilmoqda. Seminar -trning da malakasini oshirgan 5000 nafar agar soha vakilari kelgusida o‘z bilimlarini oshirib xududiga xo‘jaliklariga tadbiq etish maqsad qilib olingan. O‘quv kursini tugatgan ishtirokchilarga mahsus sertifiaktlar berilib olgan bilim malakalarini o‘z xududlarida boshqa xo‘jaliklarga joriy etish tavsiya etiladi.
Financer
CEO
COO
unknown